10:10 / 08.11.2022
2152
Italiya O‘zbekistonda yangi biomahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

O‘zbekistonning Rimdagi elchixonasi tomonidan mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Alisher Shukurov va Italiyaning Novello Giardini kompaniyasi prezidenti Marino Novello o‘rtasida uchrashuv tashkil qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

Marino Novello bugungi kunda Yevropa davlatlari va boshqa mintaqalarda sog‘lom biomahsulotlarga bo‘lgan talab ortib borayotganini aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, kompaniya tomonidan so‘nggi 10 yil davomida Breshia universiteti, Spallansani instituti va laboratoriyalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadqiqot va sinovlar natijasida innovatsion va tabiiy Ciboci (chibochi) biomahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur biomahsulot patent va laboratoriya sertifikatlariga ega bo‘lib, inson salomatligi uchun g‘oyat foydali ekani bilan ajralib turadi.

Ushbu salatsimon o‘simlik kichik shaffof qutilarda 5 kun davomida o‘stiriladi. O‘simlik iste’mol qilinganda ovqat hazm qilish jarayoni tezlashadi, ichak bakterial florasi muvozanatlashadi, antioksidantlarga boy hamda inson tanasidagi toksinlarni yo‘q qilishga yordam beradi.

Mazkur innovatsion loyihani aholiga keng tanitish va joriy etish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazi (AKIS) yer uchastkalarida ko‘rgazma maydonlarini tashkil etgan holda amalga oshirish taklifi ilgari surildi. Novello Giardini kompaniyasi rahbari bu yo‘nalishdagi hamkorlikdan manfaatdorlik bildirdi.

Mavzuga oid
Top