16:41 / 08.11.2022
5726
Rim papasi Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyorligi ma’lum qilindi
Foto: AP

Rim papasi Fransisk Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilishga tayyor. Bu haqda 8 noyabr kuni Italiyaning La Stampa gazetasi xabar berdi

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Vatikan o‘z hududini tegishli muzokaralarni o‘tkazish uchun neytral joy sifatida taklif qilyapti. 

Bunday tashabbusga tayyorlik Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning 24 oktyabr kuni Vatikanda Fransisk bilan uchrashuvidan so‘ng ma’lum qilindi.

Avvalroq Rim katolik cherkovi rahbari papa Fransisk Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushni to‘xtatish uchun Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi ekani xabar qilingandi. 

Katoliklar rahbari Moskvaga borganidan keyingina Kiyevga borishi mumkinligini aytgandi.

«Hozircha Kiyevga bormayman. Avval Moskvaga borishim, Putin bilan uchrashishim kerak. Lekin men ruhoniyman, qo‘limdan nima keladi? Qo‘limdan kelganini qilyapman», - degan Rim papasi.

Mavzuga oid
Top