09:00 / 09.11.2022
10114
“O‘zbekiston Shveytsariyasi”da joylashgan sihatgohda sog‘lig‘ingizni tiklang, hordiq chiqaring

“O‘zbekiston Shveytsariyasi”ga qiyoslanadigan Zomin tog‘lari inson salomatligi, kayfiyatiga ijobiy ta’sir qilib, kishiga unutilmas taassurotlar beradi. Ushbu hududda «Azim Zomin Shifo» sog‘lomlashtirish va dam olish markazi tashkil topganiga besh yil bo‘ldi.

Aytish mumkinki, o‘tgan besh yil davomida mazkur sanatoriyda minglab insonlar dardiga shifo topdi.

Zomin tog‘lari dengiz sathidan 2500 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, betakror tabiat, qalin archazorga burkangan tog‘lardan tushayotgan muzdek zilol suv va shifobaxsh buloqlarga boy. O‘ziga xos archa va qarag‘ay o‘rmonlarini ham boshqa joylardan topish amrimahol. Bu yerda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob o‘simliklarni uchratasiz. Xushbo‘y o‘tlarning har biri qaysidir kasallikka davo bo‘ladi.

«Azim Zomin Shifo» sanatoriysida yuqori malakali urolog, kardiolog, nevropatolog, ginekolog, stomatolog, endokrinolog vrachlar sizning salomatligingiz bilan shug‘ullanishadi.

Sanatoriyda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yotoqxonalar va oilaviy kottejlar mavjud.

Eng zamonaviy uskunalar vositasida 75 turdagi laboratoriya diagnostika xizmatlari ko‘rsatiladi. UZI apparati tekshiruvlarining barcha turlari mavjud. Maxsus fitobarda tog‘ giyohlaridan turli damlamalar tayyorlanadi.

Sihatgohda fizioterapiya davolash usullaridan UVCh, magnit, lazer, UZT, darsonval, limfodrenaj, tszinda apparati, ingalyatsiya, vakuum terapiya, amplipuls apparatlari yordamida muolajalar o‘tkaziladi. Suv bilan davolashda sun’iy marvaridli, yod-bromli, ninabargli daraxtlar damlamasidan, jumladan, oq hamda sariq skipidar emulsiyalaridan, vannalardan foydalaniladi. Bu esa tanani har tomonlama sog‘lomlashtiradi. Boshqa joylarda kam uchraydigan kedr bochkasi ham xizmatingizda, xohishingizga qarab parafin, infraqizil nurli sauna, balchiq bilan davolashdan foydalanasiz.

Sanatoriyda tuzli g‘or ham ochilgan bo‘lib, bu sizning nafas yo‘llaringiz, turli allergik kasalliklarni davolashda yaxshi samara beradi.

Ushbu maskan urologiya sohasida ham yaxshi natijalarga erishmoqda. Urologik kasalliklardan buyrak va siydik nayi, qovuq shamollashi, surunkali prostatit, prostata bezi xavfsiz giperplaziyasini davolovchi maxsus fizioterapevtik apparatlar bilan yuqori sifatli xizmatga tobora talab oshmoqda.

Umuman, «Azim Zomin Shifo» sanatoriysini nafaqat dam olish va sog‘lomlashtirish, balki reabilitatsiya markazi deyish ham mumkin.

Tabiat qo‘ynida dam olish bilan birgalikda, o‘z sog‘lig‘ingizni tiklab olishni istasangiz, albatta Zomin tumanidagi «Azim Zomin Shifo» sanatoriysiga boring.

Murojaatlar uchun:

Manzil: Jizzax viloyati, Zomin tumani

Mo‘ljal: Zomin shahri markazining janubida

Telefonlar: +99894 3417547, +99894 3427547

Sayt: www.zominshifo.uz

Instagram: @azimzominshifo_official

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top