14:15 / 10.11.2022
8655

AQSh generali: Rossiya ham, Ukraina ham 100 ming askarini yo‘qotdi

Ukrainaga bostirib kirgandan beri Rossiya armiyasi 100 mingdan ortiq odamni yo‘qotdi, ular orasida yarador bo‘lganlar ham bor, dedi Mark Milli. Xuddi shunday vaziyat ukrainaliklar bilan ham bo‘lishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi AQSh armiyasi generali.

Foto: Anadolu agency

Ukrainaga qarshi sakkiz yarim oylik urush davomida Rossiya «sezilarli darajada ko‘proq» 100 000 askarini yo‘qotdi. Bunday fikrni 9 noyabr, chorshanba kuni AQSh armiyasi shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Mark Milli bildirdi. Ehtimol, xuddi shunday holat Ukraina tomonida ham kuzatilmoqda, dedi Milli. Bundan tashqari, qo‘shni davlatga Rossiya harbiylari bostirib kirishi boshlanganidan beri 40 minggacha tinch aholi halok bo‘ldi, deya qo‘shimcha qildi amerikalik general.

Milli rus qo‘shinlarining Xersondan chekinishini ham chetlab o‘tmadi. Generalning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya shaharga 20 mingdan 30 minggacha qo‘shin kiritgan va qo‘shinlarni to‘liq olib chiqish bir necha hafta davom etishi mumkin. Rossiya armiyasi shu tariqa Dnipro janubidagi mudofaa chizig‘ini tiklash uchun kuchlarni tejashga harakat qilmoqda, deb hisoblaydi Milli. Xerson urush boshlanganidan keyin qo‘lga kiritilgan yagona Ukraina mintaqaviy markazi edi.

Shu bilan birga, Rossiya bahorgi hujumga tayyorgarlik ko‘rish uchun chekinishdan foydalanishi mumkin, dedi AQSh armiyasi shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi. Biroq, «muzokaralar uchun imkoniyatlar oynasi ham mavjud», deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiya hukumati shaxsiy tarkib orasidagi yo‘qotishlar haqida so‘nggi marta mamlakatda safarbarlik e’lon qilingan 21 sentabr kuni ommaviy ravishda xabar bergan edi. O‘shanda mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, urushda 5937 kishi halok bo‘lgan. Noyabr oyining boshiga kelib «Mediazona» jurnalistlari va BBC rus xizmati ko‘ngillilar bilan birgalikda Ukrainada halok bo‘lgan 8294 nafar rossiyalik harbiylar haqida ma’lumot to‘pladi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top