08:44 / 10.11.2022
9704

Bayden: AQSh saylovdan keyin ham Ukrainaga yordam berishi kerak

Prezident Jo Bayden AQSh Kongressga oraliq saylovlardan keyin ham Ukrainaga yordam berishda davom etishiga umid bildirdi. U G20 sammitida Ukraina inqirozining yechimini muhokama qilmoqchi.

Foto: AP

AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressga oraliq saylovlardan keyin Vashington Ukrainaga yordam berishda davom etishiga umid qilmoqda. Bu haqda u 9 noyabr, chorshanba kungi matbuot anjumanida ovoz berish natijalarini sarhisob qilishning dastlabki natijalariga izoh berib aytib o‘tdi.

Baydenning qayd etishicha, muxolifatdagi Respublikachilar partiyasining bu saylovlardagi muvaffaqiyati hozircha kutilgandek katta emas. Demokratlar Vakillar palatasi ustidan nazoratni yo‘qotayotganga o‘xshaydi, biroq Senatda ko‘pchilikni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini saqlab qolmoqda – hammasini Arizona va Nevada shtatlarida davom etayotgan ovozlarni sanash va Jorjiyada 6 dekabrga belgilangan ikkinchi tur hal qiladi.

Bayden «respublikachi hamkasblari bilan ishlashga tayyor» ekanini aytdi va «Ukrainadagi Rossiya agressiyasiga qarshi turishda ikki partiyaviy yondashuv» davom etishiga umid bildirdi. Avvalroq respublikachilar oraliq saylovlarda g‘alaba qozongan taqdirda, Kiyevga harbiy va gumanitar yordam qanday yetkazilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga va’da bergan edi.

Rossiya mudofaa vazirining Xersondan chekinish haqidagi buyrug‘ini izohlar ekan, Bayden bu Rossiya armiyasi uchun «katta muammolar»dan darak berishini aytdi. U, shuningdek, Moskva o‘z qarorini e’lon qilish uchun AQShdagi «saylov natijalarini kutgani»ni «qiziq» deb atadi - buni Vashington, Baydenning so‘zlariga ko‘ra, allaqachon bilib bo‘lgan.

Amerika prezidenti, shuningdek, Indoneziyadagi G20 sammitida G20'ning boshqa a’zolari bilan Ukrainadagi mojaroni hal qilish yo‘llarini muhokama qilmoqchiligini aytdi. «Menga Rossiya prezidentining u yerga kelishi dargumon ekanligini aytishdi. Ammo boshqa ishtirokchilar ham bo‘ladi», - dedi Bayden.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top