09:11 / 11.11.2022
1889
9 oyda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari hajmida sabzavotlar yetakchilik qilyapti 

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 248,6 trln so‘mni tashkil etgan.

Foto: Uz24

2022 yil yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 248,6 trln so‘mni yoki 2021 yilning mos davriga nisbatan 3,6 foizga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 9 oyida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari hajmida sabzavotlar yetakchilik qilyapti – 8 mln tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • don mahsulotlari – 6,7 mln tonna;
  • kartoshka – 2,6 mln tonna;
  • poliz ekinlari – 1,6 mln tonna;
  • meva va rezavorlar – 2,2 mln tonna;
  • uzum – 1,4 mln tonna.
Top