09:32 / 11.11.2022
6921

O‘rtacha ish haqini hisoblash tartibi soddalashtirilyapti

Surxondaryoda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar, tegishli soha vakillari ishtirok etgan tadbirda yangi tahrirdagi kodeks yangi normalari, ahamiyati xususida tushuntirishlar berildi.

Foto: Kun.uz

Ta’kidlanganidek, yangi kodeksda O‘zbekistonning “Elektron hukumat” tizimiga kiruvchi Yagona milliy mehnat tizimida barcha tuzilgan mehnat shartnomalarini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha talablar belgilanmoqda. Bu mehnat shartnomalari majburiy tuzilishini, shaffofligini, ular bajarilishi va nazoratini ta’minlaydi.

Kodeksda bir qator o‘zgarishlar kiritilgan bo‘lib, moslashuvchan ish vaqti degan tushuncha aks ettirilishi orqali muayyan xodim ish kuni boshlanish va tugash muddatini o‘zi tartibga solishi imkoni yaratilyapti. 

Ilgari xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xarajatlari ish beruvchi tomonidan to‘lanishi tufayli ko‘plab ish beruvchilar bu talabni e’tiborsiz qoldirgan yoki bu xarajatlar xodimlar tomonidan qoplangan. Yangi Mehnat kodeksida ayrim ish beruvchilar va xodimlar (pedagogika, tibbiyot) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish xarajatlaridan ozod qilinmoqda.

So‘z olganlar o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash yagona tartibi o‘rnatilayotgani, bu esa o‘rtacha ish haqini hisoblash tartibini sezilarli darajada soddalashtirishini bildirdi.

Mavzuga oid
Top