10:03 / 11.11.2022
5904

O‘zbekistonda oktabr oyida eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida qayd etildi

O‘zbekistonda oktabr oyida qancha tug‘ilish qayd etilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022 yilning oktabr oyida respublika bo‘yicha 85 306 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 843 taga oshgan.  
 
Hududlar kesimida qayd etilgan tug‘ilishlar soni eng ko‘p Samarqand viloyatida kuzatildi – 10 272 ta.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Farg‘ona viloyati – 9 365 ta;   
  • Qashqadaryo viloyati – 9 286 ta; 
  • Andijon viloyati – 8 026 ta;  
  • Namangan viloyati – 7 615 ta;   
  • Surxondaryo viloyati – 7 193 ta;  
  • Toshkent viloyati – 6 146 ta;  
  • Toshkent shahri – 6 108 ta; 
  • Xorazm viloyati – 4 800 ta;  
  • Buxoro viloyati – 4 313 ta;  
  • Qoraqalpog‘iston R. – 4 199 ta;   
  • Jizzax viloyati – 3 807 ta;   
  • Navoiy viloyati – 2 186 ta;   
  • Sirdaryo viloyati – 1 990 ta. 
Top