15:17 / 11.11.2022
7304

Turkiy tashkilot sammiti doirasida barcha ishtirokchi mamlakatlarda daraxt ekish marosimi bo‘ldi

Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti doirasida barcha ishtirokchi mamlakatlarda daraxt ekish marosimi bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sammit asosiy tadbirlaridan keyin, turkiy davlatlar yetakchilari Registon maydoniga tashrif buyurdi.

– Ne-ne tarixiy voqealarga guvoh bo‘lgan muhtasham Registon maydonida turib, turkiy dunyo sivilizatsiyasining yangi bosqichiga ramziy ma’noda qadam qo‘ymoqdamiz. Ulug‘ ajdodlarimizga xos bo‘lgan azaliy an’analarni davom ettirgan holda, yana bir xayrli tashabbusni boshlamoqdamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Daraxt ekish millatlar qadriyati, bugungi mushtarak intilishlar timsoli ekani ta’kidlandi. 

– Bu ishlarning barchasi turkiy xalqlar umumiy taraqqiyoti va farovonligi sari mushtarak intilishlarimizning yaqqol timsoli, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Biz bugun turkiy dunyo hurmatli yetakchilarining ushbu tabarruk zaminga o‘z qo‘llari bilan ko‘chat ekayotganlarini yuksak qadrlaymiz. Zero, bu nihollar – hayot daraxtlari, do‘stlik va o‘zaro ishonch, ma’naviyat va kelajak bog‘lari bo‘lib qad rostlaydi, – dedi davlat rahbari.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston va Vengriya yetakchilari majmua bog‘iga ko‘chatlar ekdi.

Marosim ushbu davlatlar poytaxtlari va mamlakat hududlarida videoaloqa orqali ko‘rsatildi. U yerlarda ham minglab ko‘chatlar ekildi. Shu tariqa, daraxtzorlarni ko‘paytirish harakati xalqaro miqyos kasb etdi.

Turkiy davlatlar yetakchilari birgalikda suratga tushdi.

Mavzu
Samarqandda Turkiy davlatlar sammiti
11 noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi tashkillashtirildi.
Barchasi
Top