09:00 / 14.11.2022
3477
ALFA TOUR sayyohlik kompaniyasi yangi elektron platformani ishga tushirdi
Foto: ALFA TOUR

ALFA TOUR kompaniyasi O‘zbekistonda ziyorat turizmi sifatini yanada oshirish maqsadida yangi onlayn platformani yo‘lga qo‘ydi. 11 noyabr kuni yangi platformaning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

12 yillik tajribaga ega ALFA TOUR sayyohlik kompaniyasi 100 mingdan ortiq ziyoratchilarga sifatli xizmat ko‘rsatib keladi. Kompaniya o‘z mijozlariga yangi xizmatlar taklif qilish, xizmat sifatini oshirish, hamkorlik tizimini yanada mustahkamlash uchun harakat qilmoqda.

ALFA TOUR kompaniyasi ijrochi direktori Sherzod Rabbimqulov bu borada qilinayotgan ishlar haqida gapirdi:

 “Faoliyatimiz davomida ham operatorlik, ham agentlik sifatida xizmat ko‘rsatib kelyapmiz. Mijozlarimiz safini kengaytirish maqsadida xizmatlarimizni yangi sifat darajasiga olib chiqmoqdamiz. 10dan ortiq xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatib, narx va sifat mutanosibligini ta’minlashga intilyapmiz.

Ziyorat turizmiga alohida e’tibor qaratdik. Bugun yurtimizda faoliyat olib borayotgan turistik agentliklar orqali turistlarni jalb qilish uchun respublikamizning barcha viloyatlarida o‘z filiallarimizni ochishni rejalashtirganmiz”.

Kompaniya ayni paytda Saudiya Arabistonining Makka va Madina shaharlariga borish istagida bo‘lgan ziyoratchilarni onlayn ro‘yxatdan o‘tish va ziyorat sanalari, reyslar jadvali haqida ma’lumot olishlarini yanada qulaylashtirmoqda. Kompaniyaning IT bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan yangi tizim Samo deb nomlanadi. Bu platforma orqali respublikaning barcha hududlaridagi sayohatchi va ziyoratchilar elektron ro‘yxatdan o‘tib, joy band qilishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tishda kompaniya o‘z mijozlariga:

  • avtomatlashtirilgan xizmatlar
  • foydalanuvchi uchun qulay interfeys
  • to‘liq maxfiylik
  • axborot xavfsizligi
  • samaradorlik
  • hisobot
  • aniqlikni ta’minlaydi.

Kompaniya mutaxassisi Askarjon Abdujabborovning aytishicha, safar davomida ziyoratchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar va qulayliklar, tibbiy xizmat yuqori darajada ta’minlanadi.

ALFA TOUR – sayohatingiz va ziyoratingiz uchun ishonchli kompaniya! 

Instagram

Facebook

Telegram guruh

Telegram kanal

Reklama

Top