15:27 / 14.11.2022
11589

«Bizni boshqa davlat hududlari qiziqtirmaydi» - Xersonga kelgan Zelenskiy Ukraina muvaffaqiyati haqida

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ozod qilingan Xersonga yetib keldi, deb xabar bermoqda Reuters va AFP axborot agentliklari. 

Foto: president.gov.ua

«Biz oldinga siljib boryapmiz», dedi Zelenskiy ukrainalik askarlarga murojaat qilib. 

«Biz tinchlik, butun mamlakatimiz uchun tinchlik bo‘lishiga tayyormiz», — deya Ukraina prezidentining so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi. 

Bundan tashqari, Volodimir Zelenskiy NATO va Ukrainaning boshqa ittifoqchilariga Rossiyaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, HIMARS yuqori mobillikdagi reaktiv artilleriya tizimlarini AQShdan yetkazib berish Kiyev uchun katta ahamiyatga ega edi. 

Ukraina Qurolli kuchlari qaysi yo‘nalishda oldinga siljishi mumkinligi haqidagi savolga Zelenskiy shunday javob berdi: «Moskvaga emas... Bizni boshqa davlat hududlari qiziqtirmaydi».

Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xerson viloyati aholisidan okkupatsion kuchlar mintaqada qoldirishi mumkin bo‘lgan portlovchi qurilmalar tufayli hushyor bo‘lishni so‘ragandi. 

«Afsuski, minalardan tozalash vaqtida sapyorlarimizdan biri halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari yaralandi. Men Xersonning barcha aholisidan ehtiyot bo‘lishni va barcha xavfli narsalar haqida zudlik bilan qutqaruvchilarga xabar berishni so‘rayman», - dedi Zelenskiy.

Ukraina rahbari mintaqada qo‘poruvchi guruhlarni, shuningdek, rossiyalik askar va yollanma askarlarni qidirish davom etayotganini ta’kidladi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top