20:17 / 15.11.2022
24007

G20 sammiti kuni Rossiya Ukraina bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi

Kiyevda turar joy shikastlangan, Xarkivda metro faoliyati to‘xtagan.

Foto: Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

15 noyabr kuni tushdan keyin Ukraina hududlarida havo trevogasi yangradi. Ukraina prezidenti devoni maslahatchisi Aleksey Arestovich mamlakat hududiga ommaviy raketa zarbalari boshlanganini aytdi va buni Bali orolida start olgan G20 sammiti bilan bog‘ladi.

Krivoy Rog raketa-artilleriya qo‘shinlari rahbari Aleksandr Vilkul so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Volgograd-Astraxan hududidan Tu-95 bombardimonchi samolyotlaridan X-101 raketalarini Ukraina tomon uchirmoqda.

Chernigov viloyati raisi Vyacheslav Chaus so‘zlariga ko‘ra, hududda havo hujumidan mudofaa kuchlari ishlamoqda.

Nikolayev viloyati rahbari Vitaliy Kim Rossiyaning Ukrainaga raketa zarbalarining uchinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi.

Kiyevda ham ketma-ket portlash ovozlari eshitildi. Kiyev meri Vitaliy Klichko so‘zlariga ko‘ra, shaharning Pechyorsk tumanida ikkita turar-joy binosi vayron qilingan. Havo mudofaasi tomonidan bir necha raketa urib tushirilgan.

Kiyev viloyati rahbari Aleksey Kuleba so‘zlariga ko‘ra, hududda havo mudofaasi tizimlari ishlamoqda.

«Bosqinchilar Xarkovga hujum qilmoqda», dedi Xarkov viloyati ma’muriyati raisi Oleg Sinegubov. Shaharda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bor, metro harakati to‘xtab qolgan.

Lvov viloyati rahbari Maksim Kozitskiy havo mudofaasi tizimi ishlayotganini ma’lum qildi. Lvov shahrining bir qismi elektrsiz qoldi, dedi mer Andrey Sadoviy.

Shuningdek, havo mudofaasi tizimi Poltava viloyatidagi Mirgorod shahrida, Vinnitsa, Nikolayev, Sumi, Xmelnitskiy, Cherkasi va Jitomir viloyatlarida ishlamoqda.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top