20:51 / 16.11.2022
24231

Ukrainaga yirik raketa hujumi Rossiyaga 700-900 million dollarga tushdi - Forbes 

15 noyabr kuni Ukraina hududini ommaviy o‘qqa tutish paytida Rossiya 90 ta raketani uchirish uchun 700-900 million dollar sarfladi. 

Foto: rbc.ua

Ukraina Harbiy havo kuchlari raketalarning aniq soni va turlariga aniqlik kiritmadi. Biroq, ma’lumki, bitta X-101 raketasining taxminiy narxi 13 mln dollar, «Kalibr» - 6,5 mln dollar, X-555 - 4 mln dollar turadi, deb yozdi Forbes. So‘nggi zarbalar Tu-95 va Tu-160 samolyotlari orqali X-101 va X-555 raketalari bilan amalga oshirilgan. 

10 oktyabr kuni Ukraina hududiga qilingan dastlabki yirik raketa hujumi Rossiya Federatsiyasiga 400-700 million dollarga tushgan edi. Shu vaqtda Rossiya 84 ta qanotli raketa va 24 ta dronni uchirdi. 

Undan oldin eng ommaviy zarbalardan biri 25-26 iyun kunlari sodir bo‘ldi, o‘shanda Rossiya va Belarusdan umumiy qiymati 150-220 million dollargacha bo‘lgan 60 dan 80 tagacha uzoq masofali raketalar uchirildi. 

15 noyabr kuni tushdan keyin Rossiya Ukrainaga yirik raketa hujumini boshladi: 70 ga yaqin qanotli X-101/X-555, 20 ga yaqin dengiz «Kalibri» va 10 ta kamikadze dronlari uchirildi. Avvalgi zarbalar singari, ko‘plab raketalar turar joy binolariga tegdi. Ukraina havo mudofaasi raketalarning 73 tasini urib tushirishga muvaffaq bo‘ldi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top