18:45 / 17.11.2022
7559

O‘zbekistonning qator hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

«O‘zgidromet» kuchli yog‘ingarchilik hamda havo harorati sezilarli o‘zgarishi sababli Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Respublikaning tog‘li hududlarida 18–22 noyabr kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralgan.

Qor ko‘chish xavfi e’lon qilingan hududlar:

  • Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin tumani;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq tumani va Chotqol tizmasining Chimyon tog‘larida;
  • Namangan viloyati: Pop tumani va Qamchiq dovoni hududida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida xavf haqida ogohlantirish berildi.
Mavzuga oid
Top