14:45 / 17.11.2022
7162
Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Samarqandga keldi

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel Samarqandga keldi.

Foto: TIV axborot xizmati

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Yevropa diplomatiyasi rahbari «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» formatidagi yirik tadbirlarda ishtirok etadi.

Samarqand xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov kutib oldi.

Samarqand shahrida «Yevropa Ittifoqi–Markaziy Osiyo» formatidagi tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvi va O‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash birinchi vazirlar konferensiyasi tashkil etiladi.

Mavzuga oid
Top