10:32 / 19.11.2022
7169

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazildi.

Qo‘mita uning natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

2022 yil 16 noyabr holatiga 

  • suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 49 500 – 78 000 so‘m;
  • qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 58 000 – 91 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kg) ➖ 2 800 – 6 000 so‘m;
  • piyoz (1 kg) ➖ 2 000 – 5 000 so‘m;
  • sabzi (1 kg) ➖ 2 000 – 5 500 so‘m;
  • tuxum (10 dona) ➖ 9 500 – 17 000 so‘m;
  • guruch (1 kg) ➖ 6 000 – 26 000 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 16 500 – 30 000 so‘m;
  • shakar (1 kg) ➖ 12 000 – 17 000 so‘m.

Bunda, dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Top