10:22 / 19.11.2022
3157
O‘zbekiston Rossiyaga 140 ming tonna uzum yetkazib berdi

O‘zbekiston 10 oyda 51 ta davlatga 245,2 ming tonna uzum eksport qilgan.

Foto: Kun.uz

2022 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 51 ta xorijiy davlatlarga qiymati 216,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 245,2 ming tonna uzum eksport qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, uzum eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 41,6 ming tonnaga oshgan.

O‘tgan 10 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p uzum eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya birinchi o‘rinni egallab turibdi – 140 ming tonna.

Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 48,8 ming tonna hamda 16,7 ming tonna uzum eksport qilingan Qozog‘iston va Qirg‘iziston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Xitoy – 7,3 ming tonna;
  • Turkiya – 5,9 ming tonna;
  • BAA – 4,8 ming tonna;
  • Belarus – 3,8 ming tonna;
  • Ozarboyjon – 2,6 ming tonna;
  • Iroq – 2,2 ming tonna;
  • Eron – 1,9 ming tonna.
Mavzuga oid
Top