20:31 / 21.11.2022
6068

NATO Parlament assambleyasi Rossiyani terrorchi davlat sifatida tan oldi 

Yig‘ilishda ular Rossiya Federatsiyasi uchun maxsus Xalqaro tribunal tuzishga chaqirishdi. 

Foto: Reuters

Shimoliy Atlantika alyansi Parlament assambleyasi Rossiya Federatsiyasini terrorchi davlat deb tan oldi. Delegatlar Rossiya Federatsiyasi jinoyatlari bo‘yicha maxsus xalqaro tribunal tashkil etishni taklif qildilar. 

«NATO tarkibiga kiruvchi barcha 30 ta davlat delegatsiyasi taklifimizni qo‘llab-quvvatladi. Bunday tribunal nafaqat harbiy jinoyatlarning bevosita aybdorlarini, balki Rossiya Federatsiyasi oliy rahbariyatini ham sud qilish imkonini beradi», - dedi Ukrainaning NATO Parlament assambleyasidagi doimiy delegatsiyasi rahbari va deputat Yegor Chernev. 

Bundan tashqari, qabul qilingan hujjatda Ukraina bo‘yicha quyidagi qarorlar mavjud:

- qurol ta’minotini ko‘paytirish;

- Ukrainaning NATO tarkibiga kirish rejasini ishlab chiqish;

- Rossiyadan Ukraina foydasiga tovon undirish mexanizmini yaratish. 

Avvalroq, Latviya Seymi Rossiya Federatsiyasini terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat sifatida tan oldi. 

15 sentabr kuni AQSh senatorlari Rossiyani Checheniston, Gruziya, Suriya va Ukrainadagi jinoyatlari uchun terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida tan olish haqidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi. 

3 noyabr kuni Chexiyada deputatlar Rossiyadagi siyosiy rejimni terroristik rejim deb tan oldi. 

23 noyabr kuni Yevroparlament Rossiyani terrorizmning homiysi sifatida tan olishi haqidagi rezolyutsiyani ko‘rib chiqadi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top