14:19 / 23.11.2022
7024

Jizzaxda pul evaziga guvohnoma olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab o‘rgatuvchisi ushlandi

Avtomaktab o‘rgatuvchi ustasi fuqaroga 4,5 million evaziga “B” va “S” toifali haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, “G‘allaorol o‘quv-sport texnika klubi” unitar korxonasi o‘rgatuvchi ustasi O‘.B. fuqaro D.J.ning ishonchiga kirib, unga “B” va “S” toifali haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 4,5 mln so‘mni olgan vaqtda ashyoviy dalilllar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, fuqaroga haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan Jizzax shahridagi sport texnik klubi o‘qituvchisi ushlangandi.

Mavzuga oid
Top