10:48 / 23.11.2022
3911

Misr O‘zbekistonda sut ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani ishga tushirishi mumkin

O‘zbekiston elchixonasida Dina Farms kompaniyasi ijrochi direktori Omanullo Saad bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Unda O‘zbekiston va Misr tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari ko‘lamlarini kengaytirish hamda mamlakatda sut mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Dina Farms ijrochi direktori o‘zbek tomonini kompaniya faoliyati bilan tanishtirar ekan, mamlakat tadbirkorlarini joriy yil 5-7 dekabr kunlari Qohira shahrida o‘tkaziladigan Food Africa 2022 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qildi. Uning aytishicha, xalqaro ko‘rgazmada qatnashuv muzokaralar o‘tkazish uchun ham qulay imkoniyat yaratadi.

Dina Farms kompaniya 1988 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi paytda korxona tomonidan 40 turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqariladi va ichki bozorga yetkazib beriladi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar faqat tabiiy sutdan tayyorlanadi.

Mavzuga oid
Top