10:45 / 23.11.2022
4687

Qurilish ishlari hajmida ulushi eng yuqori hudud ma’lum qilindi

Qurilish ishlari hajmida qaysi hududning ulushi yuqori ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2022 yilning yanvar-oktabr oylarida respublika bo‘yicha 104,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bajarilgan qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,7 foizga oshgan.  

Jami qurilish ishlari hajmida hududlarning ulushi bo‘yicha Toshkent shahri birinchi o‘rinni egallab turibdi – 24,5 foiz.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 8,9 foiz hamda 6,7 foizlik qurilish ishlari hajmi bilan Toshkent viloyati va Samarqand viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Farg‘ona viloyati – 6,5 foiz;
  • Buxoro viloyati – 6,4 foiz;
  • Qashqadaryo viloyati – 5,9 foiz;
  • Andijon viloyati – 5,2 foiz;
  • Namangan viloyati – 5,1 foiz;
  • Surxondaryo viloyati – 5,0 foiz;
  • Navoiy viloyati – 4,7 foiz;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 4,1 foiz;
  • Xorazm viloyati – 3,7 foiz;
  • Jizzax viloyati – 2,7 foiz;
  • Sirdaryo viloyati – 2,2 foiz.
Mavzuga oid
Top