16:29 / 23.11.2022
22756
Xerson o‘qqa tutilmoqda, Donbassda aholi evakuatsiya qilinmoqda. Urush suratlari

Rossiya qo‘shini Xersonni o‘qqa tutishda davom etmoqda: 22 noyabr kuni gaz quvuriga zarba kelib tushishi oqibatida, ikki kishi qurbon bo‘lgan. Ukraina bosh prokuraturasi rossiyalik harbiylar otib tashlangani aytilgan videodan keyin jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ukraina tomoni hisoblashicha, asirga tushgan rossiyaliklar urush urf-odatlarini buzgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Ukraina xavfsizlik xizmati rossiyalik tadbirkorga tegishli bo‘lgan VS Energy kompaniyasida tintuv o‘tkazish uchun keldi, shuningdek Kiyev-Pechersk lavri va yana ikkita ukrain monastiri tekshirilgan — bu binolardan «Rus dunyosi uyasi sifatida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik» va diversantlarni qidirish uchun. «Vagner» tomonidan yollangan mahbus Konstantin Kiselev Mardlik ordenini oldi. Uning rafiqasi aytishicha, uni «shaxsan Prigojin» taqdirlagan.

Quyida 22 noyabr, urushning 272-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan asosiy suratlar.

Donbassda qo‘lga kiritilgan tankdagi ukrain askarlari

Donetsk oblastidagi front chizig‘ida Ukraina qurolli kuchlari jangchilari rossiyaliklarning T-80 tankida harakatlanmoqda, bu hududda shiddatli janglar davom etmoqda. Foto: LIBKOS / AP / Scanpix / LETA
LIbkos / AP / Scanpix / LETA

Xersonda halok bo‘lgan rossiyalik harbiylar jasadlari yoqilgani aytilayotgan chiqindixona

Britaniyadagi The Guardian gazetasida rossiyalik harbiylar Xersondagi chiqindixonadan harbiy harakatlar vaqtida halok bo‘lgan quroldoshlarini yoqish uchun foydalangan bo‘lishi mumkinligi haqida maqola chiqdi. Bu ma’lumotni mahalliy aholi vakillaridan o‘nlab kishilar tasdiqlagan, ammo The Guardian bunga dalil keltira olmasligini qayd etgan. Ukraina hukumati nashrga bu borada izoh bermagan.

Chris McGrath / Getty Images
Chris McGrath / Getty Images

Donetsk oblastidagi Pokrovsk shaharchasidan evakuatsiya

22 noyabr kuni Donetskdan 55 kilometr shimoli-sharqdagi Pokrovsk shahridan Lvivga ilk evakuatsiya poyezdi yo‘l oldi. Ukraina armiyasi nazoratida qolayotgan Pokrovsk tez-tez rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilmoqda. Xususan, 3 noyabr kuni navbatdagi zarbalar oqibatida tinch aholi vakillari halok bo‘lib, 40 ta turar joy binosi shikastlangan. Noyabr oyi boshi holatiga ko‘ra Pokrovskda 50 mingdan ortiq kishi yashayotgandi. Shaharda ichimlik suvi grafik bo‘yicha tarqatiladi, odamlar gumanitar yordam hisobiga jon saqlashadi. 

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ozod etilgan Xersondagi kundalik turmush tarzi

Xersonda munitsipal ishchi bilbordga rossiyaparast poster ustidan «Rodnyye, vy svobodny!» yozuvli plakat yopishtirmoqda.
Murad Sezer / Reuters / Scanpix / LETA
Xersonda gumanitar yordam tarqatilishini kutayotgan aholi. Shaharda elektr va suv ta’minotida muammolar saqlanib qolmoqda, odamlar davlat va xayriya tashkilotlari yetkazib beradigan yeguliklar, ichimlik suvi va boshqa zarur buyumlarga o‘ta qaram bo‘lib qolgan.
Murad Sezer / Reuters / Scanpix / LETA
Xersonda mobil telefonlarini quvvatlayotgan kishilar
Ivan Antypenko / EPA / Scanpix / LETA
Xersonda 22 noyabr kungi portlash vaqtida olingan surat — «Suspіlne» nashriga ko‘ra, kunning ikkinchi yarmida shaharga o‘ndan ortiq zarba kelib tushgan. Rossiyaliklarning snaryadlaridan biri gaz quvuriga kelib urilgan, bir kishi vafot etgan.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar zarbasi vaqtida yaralangan kishi olib kelgan tez yordam mashinasida qolgan qon izlari
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Otishmalar vaqtida o‘z yaqini jarohat olganini eshitib, yig‘layotgan ayol
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Shifokorlar yaradorlar hayotini saqlab qolishga urinayotgan operatsiya xonasi oldida kutayotgan ayollar
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top