11:44 / 24.11.2022
4219

Kiyev AQShning Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan olishini kutmoqda

Ukraina Qo‘shma Shtatlar Yevroparlamentdan keyin Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan olishini kutmoqda. Bu haqda Oliy rada raisi Ruslan Stefanchuk «Yedinyye novosti» milliy telemarafonida ma’lum qildi. 

Foto: Ukraina Oliy radasi

Uning ta’kidlashicha, terrorizm homiysi maqomi qonuniy oqibatlarga olib keladi. 

«Bunday maqomga ega bo‘lgan davlat butun dunyoda qo‘l berib ko‘rishishga arzimaydigan deb sanaladi va u bilan ishlagan har bir kishi jahon hamjamiyatining eng qattiq sanksiyalariga duchor bo‘ladi», deb tushuntirdi Stefanchuk.

Bundan oldin Yevroparlament a’zolari Rossiya Federatsiyasini terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilgandi.

23 noyabr, chorshanba kuni Yevroparlament ko‘pchilik ovoz bilan Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy agressiyasi tufayli Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida tan olish to‘g‘risidagi nizomni o‘z ichiga olgan rezolyutsiyani qabul qilishni yoqlab ovoz berdi.

Yevroparlament deputatlari Rossiyani terrorizmning homiysi deb e’lon qilish orqali Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning hukumati ushbu jinoyatlar uchun xalqaro tribunal oldida javobgarlikka tortilishiga yo‘l ochmoqchi, deya ta’kidlaydi YeP.

Rezolyutsiya yuridik majburiyat yuklash kuchiga ega emas. Yevropa Ittifoqining huquqiy bazasida tegishli qonunchilik mexanizmi mavjud emas.

Hozirgi vaqtda «terrorizm homiysi bo‘lgan davlat» atamasi faqat AQSh va Kanada qonunlarida mustahkamlangan. Amerika ro‘yxatida to‘rtta davlat bor: Suriya, Eron, Shimoliy Koreya va Kuba. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top