10:35 / 24.11.2022
5488

O‘zbekiston bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yangi mashinalar soni aytildi

9 oyda qancha yangi yengil avtomobillar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yangi yengil avtotransport vositalari soni 222 794 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan – 94,4 foiz (210 419 dona), xorijda ishlab chiqarilgan – 5,6 foiz (12 375 dona).

Respublika bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yangi avtotransport vositalarining eng katta ulushi Toshkent shahri (jamiga nisbatan 30,1 foiz yoki 67 161 dona) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Top