07:43 / 24.11.2022
2160

O‘zbekiston va Xitoy Afg‘onistonda infratuzilma loyihalarini amalga oshirishi mumkin 

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Xitoy Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Yue Syaoyun bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Xitoyning Afg‘oniston inqirozini tinch yo‘l bilan tartibga solish, mamlakatga tez orada gumanitar va boshqa turdagi yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha sa’y-harakatlari yuzasidan fikr almashildi.

Xitoy TIV vakili O‘zbekiston rahbariyatining O‘zbekiston-Xitoy muloqotini, Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish siyosatini yuqori baholadi.

Tomonlar qayd etganidek, Afg‘onistondagi keskin ijtimoiy-gumanitar inqirozni bartaraf etish, bu yerda mustahkam tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishga ko‘maklashish faqat ushbu davlat yangi hukumatiga nisbatan jahon hamjamiyati mushtarak yondashuvlarini ishlab chiqish asosidagina amalga oshirilishi mumkin.

Afg‘oniston hududida energetika va transport-logistika sohasida turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish muhimligi ham ta’kidlandi. O‘zbekiston va Xitoy maxsus vakillari darajasida Afg‘oniston masalasida maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Top