20:01 / 24.11.2022
7595
Ukrainalik jarrohlar Rossiya zarbalari ostida qanday operatsiya qilishayotganini ko‘rsatishdi

Rossiyaning raketa zarbalari oqibatida Kiyev shifoxonasi elektr ta’minotidan uzildi. Bu paytda bolaning yuragida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilayotgan edi.

Kiyevdagi Yurak institutida Rossiya zarbalari oqibatida chiroq o‘chib qoldi. Bu vaqtda bolaning yuragida jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilayotgandi.

Institut direktori Boris Todurov jarrohlar qanday sharoitlarda ishlayotgani aks etgan videorolikni e’lon qildi.

Uning ta’kidlashicha, shifokorlar faqat shoshilinch operatsiyalarni bajarishda davom etmoqda, ammo «shunday nostandart vaziyatda ham ular birorta bemorni yo‘qotmagan».

23 noyabr kuni Rossiya Ukrainaning muhim infratuzilmalariga navbatdagi zarbalarni berdi. Kiyev talabi bilan chaqirilgan BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishida Rossiya vakili Valeriy Nebenzya bunday zarbalarni «Ukrainaga G‘arb qurollari yetkazilishi va Kiyevning Rossiya ustidan harbiy g‘alaba qozonishi haqidagi chaqiriqlariga javob» deb atadi.

Mavzuga oid
Top