16:59 / 25.11.2022
9639

«Turon» Superligaga yo‘llanma oldi, «Lokomotiv» Pro ligaga ravona bo‘ldi

Bugun, 25 noyabr kuni Superligaga o‘tish o‘yinida Pro ligada 3-o‘rinni egallagan «Turon» Superligada 12-o‘rindan joy olgan «Lokomotiv»ga qarshi saf tortdi.

Foto: Turon

Yaypanda kechgan bahsning 1-bo‘limida mezbonlar hujumchisi Humoyun Murtazoyev hisobni ochgan bo‘lsa, poytaxtliklardan Sanjar Qodirqulov farqni yo‘qqa chiqardi – 1:1.

76-daqiqaga kelib o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni Sardor Abdunabiyev «temiryo‘lchilar» darvozasiga yo‘llab, yakunda jamoasiga Superligaga yo‘llanma olib berdi – 2:1.

Shu tariqa, «Turon» bir yillik tanaffusdan keyin Superliga-2023ga yo‘llanma olgan bo‘lsa, Toshkentning «Lokomotiv» klubi 12 yillik tanaffusdan keyin yana quyi ligaga ravona bo‘ldi.

Superligaga o‘tish o‘yini. 
25 noyabr (juma)
«Turon» – «Lokomotiv» - 2:1

Hakamlar: Asker Najafaliyev, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Doston Mirzaraimov
VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov 
AVAR hakami: Ziyodulla Abdurahmonov 
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Qudrat Madraimov
Gollar: Humoyun Murtozoyev 12, Sardor Abdunabiyev, 76 – Sanjar Qodirqulov, 37.
«Turon»: 12.Akmal Tursunboyev, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 5.Marlen Chobanov, 9.Aziz Ibragimov (20.Jasur O‘rinov, 69), 10.Humoyun Murtozoyev (11.Rustamxon Azimov, 81), 18.Abdug‘ani Kamolov, 19.Sardor Abduraimov, 21.A’zam Aliyev, 22.G‘olib Sariboyev, 30.Sardor Abdunabiyev, 55.Xushnudbek Avilov.
«Lokomotiv»: 13.Rustam Nortojiyev, 3.Islom Qobilov, 8.Nurmuhammad Toshpo‘latov, 14.Xurshid Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Etame Jyerome, 20.Jaloliddin Jumaboyev, 22.Manuchehr Safarov, 25.Mo‘minjon Meliyev (18.Ali Abdurahmonov, 77), 27.Islom Rashidxonov (34.Anvar Alijonov, 77), 98.Ma’ruf Jumayev (10.Jasur Jaloliddinov, 61).

Mavzuga oid
Top