13:57 / 26.11.2022
6980

"O‘zbekneftgaz": Transformatsiya loyihalarida xorijiy mutaxassislar faol ishtirok etmoqda

Foto: O‘zbekneftgaz

O‘zbekneftgaz AJ transformatsiya doirasida zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish va kompaniya biznes jarayonlarida ilg‘or tajribalarni qo‘llash maqsadida kompaniya faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy yuqori malakali mutaxassislar doimiy ravishda jalb etilmoqda.

Xususan 2022 yilda 11 ta bo‘sh ish o‘rnini to‘ldirish maqsadida xorijiy nomzodlardan 100 ta rezyume qabul qilinib, 46 ta intervyu o‘tkazildi.

Bugungi kunda "O‘zbekneftgaz" AJ tizimida Buyuk Britaniya, Kanada, Rossiya, Qatar, Pokiston va dunyoning boshqa mamlakatlarida xorijiy tajribaga ega mutaxassislar ishlab kelmoqda. Mutaxassislarning aksariyati nufuzli kompaniyalarda, shu jumladan "Big4" kompaniyalarida tajribaga ega.

Foto: O‘zbekneftgaz

Marsel Krauze (Kanada) – mehnat xavfsizligini yaxshilash va ushbu tizim boshqaruvini takomillashtirish, HSE tizimlarini avtomatlashtirish (Oryx GTL, Sasol, Qatar Petroleum, Chevron va boshqalarda ish tajribasiga ega);

Garet Jons (Buyuk Britaniya) – texnologik uskunalarning operatsion samaradorligi va ishonchliligini oshirish, kompyuterlashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatishni boshqarish tizimini joriy etish – CMMS (Oryx GTL, Valero energy, Chevron va boshqalarda ish tajribasiga ega.);

Kirill Alyoshin (Rossiya) - uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash sohasida ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘zlangan modelini amalga oshirish (Ernst&Young, Sibur va boshqalarda ish tajribasiga ega).

Foto: O‘zbekneftgaz

Pavel Goryachev (Rossiya) - xaridlar faoliyatini o‘zgartirish, o‘zaro ta’minot jarayonlarining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish (ariza berishdan omborga yetkazib berishgacha), yagona NSIni yaratish va amalga oshirish, shuningdek kompaniyaning ombor tarmog‘ini optimallashtirish (Ernst and Young, KPMG, Polyus, KEGOS, va boshqalarda ish tajribasiga ega).

Ekspertlarning asosiy maqsad va vazifalari ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonida yo‘qotishlarni kamaytirish, to‘xtalib ta’mirlashning va xaridlarni rejalashtirish jarayonining sifatini oshirish va uskunalar ishonchliligini ta’minlashda yangi yondashuvlarni joriy etishdan iborat.

Foto: O‘zbekneftgaz

Hozirgi kunda mutaxassislar Sho‘rtan NGQChB va GKM, Muborak NGQChB va GQIZ, Buxoro NQIZ, Gazli NGQChB, Ustyurt GQChB va "Uzbekistan GTL"larda tashabbuslarni faol amalga oshirishga kirishishdi.

Shuningdek, xorijiy mutaxassislar ishtirokida turli yo‘nalishlarda, xususan geologiya-qidiruv va konlarni rivojlantirish, korporativ boshqaruv va biznes strategiya, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va audit, ESG, AKT va kiberxavfsizlik kabi sohalarda katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Kun tartibidagi asosiy va keng ko‘lamli tadbirlardan yana biri kompaniyaning aksiyalarini IPO orqali xalqaro fond birjalarida joylashtirish bo‘lib qolmoqda. Ushbu loyihaga tayyorgarlik Fransiyaning Rothschild &Co moliyaviy holding kompaniyasi koordinatsiyasi ostida amalga oshirilmoqda.

Foto: O‘zbekneftgaz

Xorijiy mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlarning barchasi kelgusida "O‘zbekneftgaz" AJning investitsion jozibadorligini yanada oshirish hamda xalqaro savdo va moliya bozorlariga muvaffaqiyatli chiqish imkonini beradi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Top