19:19 / 26.11.2022
8644
Rossiya neft narxini cheklashni qo‘llab-quvvatlovchi mamlakatlarga uni sotmaydi - Bloomberg

Rossiyada neft narxini cheklash mexanizmiga qo‘shilgan kompaniyalar va mamlakatlar bilan biznes yuritish taqiqlanishi mumkin.

Foto: Reuters

Kreml milliy neftni sotib oluvchi Rossiya kompaniyalariga uning narxini cheklashda ishtirok etgan har qanday davlatlar bilan biznes yuritishni taqiqlovchi prezident farmonini tayyorlamoqda.

Bloomberg xabariga ko‘ra, farmon bilan Rossiya nefti yoki neft mahsulotlari uchun belgilangan narxlarni shartnomada ko‘rsatish, shuningdek, cheklovlarni qabul qiladigan har qanday mamlakatga neft sotish taqiqlanadi.

Narxlarni cheklash yoki Kremlning bunga javoban qarori neft savdolariga qanday ta’sir qilishi aniq emas, deyiladi xabarda.

Buning sababi shuki, ushbu cheklov tarafdorlari allaqachon Rossiya neftini sotib olishdan tiyilmoqda. Bu siyosat aslida Hindiston kabi boshqa yirik iste’molchilarga qaratilgan bo‘lib, agar ular Rossiya nefti uchun belgilangan narxdan ko‘proq to‘lasa, sug‘urta va boshqa yetkazib berish xizmatlaridan foydalana olmaydi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin neft narxini cheklash siyosatiga qo‘shilganlarga neftni sotmasligini bir necha bor ta’kidlagan.

AQSh va uning ittifoqchilari Rossiya nefti narxini bir barrel uchun 40 dollardan 60 dollargacha cheklamoqchi.

2022 yil 23 noyabrida Yevropa Ittifoqi Rossiya neftining bir barreliga 65 dan 70 dollargacha bo‘lgan narx chegarasini taklif qildi. Ammo 24 noyabrda Bryusselda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya neftining maksimal narxi bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi.

Mavzuga oid
Top