10:12 / 28.11.2022
3336

10 oyda 22 nafar fuqaro dronlarni noqonuniy olib kirgani uchun javobgarlikka tortildi

10 oy davomida 22 nafar fuqaro, shu jumladan, 21 nafar chet ellik shaxs uchuvchisiz uchish vositalarini noqonuniy olib kirgani uchun javobgarlikka tortildi.

Foto: Dunyo

Joriy yil yanvar-oktabr oylarida Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti tomonidan mamlakat hududiga uchuvchisiz uchish apparatlarini (UUA) noqonuniy olib kirgani uchun 22 kishi, jumladan, 21 nafar chet ellik shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyatlar sabablari va ular sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar o‘rganilgan. 

Bunda boshqa omillar bilan bir qatorda, aksariyat hollarda mamlakatga kelayotgan chet el fuqarolari UUAni olib kirish bo‘yicha o‘rnatilgan tartib- qoidalarni bilmasdan, bojxona chegarasi o‘tkazish punktlaridan yashil yo‘lak orqali o‘tib, bu kabi qurilmalarni to‘siqlarsiz mamlakat hududiga olib kirgani ma’lum bo‘lgan.

Top