07:55 / 28.11.2022
3114
Wildberries Sirdaryoda transport-logistika xabi qurmoqchi
Foto: Dunyo

Guliston shahrida Investitsiyalar vazirligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi rahbariyati va Wildberries Development kompaniyasi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida kompaniya platformasi orqali mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berishni tashkil etish uchun Sirdaryo viloyatida transport-logistika xabini yaratish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Kompaniya vakillari Mirzaobod tumani va Yangiyer shahridagi kichik sanoat zonalari hududida ham bo‘lishib, infratuzilma tarmoqlari hamda logistika markazini barpo etish uchun mavjud sharoitlar bilan tanishdilar.

Wildberries Development kompaniyasi vakillari bilan loyihani amalga oshirish borasida o‘zaro hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Top