00:05 / 29.11.2022
15379

Bobir Abduxoliqov – Belarus chempionatining 2022 yilgi eng yaxshi futbolchisi, eng yaxshi hujumchisi va eng yaxshi to‘purari deb topildi

Belarus Oliy ligasining 2022 yilgi yakunlari bo‘yicha eng yaxshilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, kutilganidek Bobir Abduxoliqov bir qator nominatsiyalarda tengsiz deb topildi. Jumladan, o‘zbekistonlik goleador Belarus Oliy ligasi-2022ning mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 

Futbolchi kumush to‘p va butsa sovrinini qo‘lga kiritgach, keyingi mavsumni boshqa chempionatda boshlashini ma’lum qilgan. 

Shuningdek, taqdirlash marosimida unga chempionatning eng yaxshi hujumchisi va eng yaxshi to‘purari nominatsiyasiga atalgan sovg‘alar tantanali tarzda topshirildi. 

Ma’lumot uchun, Abduxoliqov mavsum davomida «Energetik-BGU» bilan turnirda 26ta gol va 6ta assistga mualliflik qilib, jamoasining kumush medallariga ega chiqishiga katta hissa qo‘shdi.

Mavzuga oid
Top