09:05 / 30.11.2022
4741

5 yilda tashkil etilgan sanoat korxonalari soni 2019 yilda eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan 

So‘nggi yillarda qancha yangi sanoat korxonalari tashkil etilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022 yil yanvar-oktabr oylarida yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari soni o‘sish sur’ati 2018 yil mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh yilda yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari soni 2019 yilda eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan - 17 056 ta.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan yillar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • 2018 yilda – 9 509 ta;
  • 2019 yilda – 17 056 ta;
  • 2020 yilda – 16 048 ta;
  • 2021 yilda – 16 691 ta;
  • 2022 yilda – 13 856 ta.
Top