22:40 / 30.11.2022
45211

Asus dunyodagi eng yengil noutbukni taqdim etdi 

Asus kompaniyasi dunyodagi eng yengil 14 dyuymli ExpertBook B9 noutbukini taqdim qildi. 

Foto: Asus

Uning narxi modifikatsiyaga qarab 1,8 ming dollardan boshlanadi. Noutbuk allaqachon AQSh bozorida sotuvga chiqarilgan. 

Korpusi magniy qotishmasidan tayyorlangan modelning vazni 880 gramm. Qurilma 14 dyuymli Full HD (1920x1080) displeyga, 12-avlod Intel Core protsessoriga, Intel Iris Xe grafikasiga, 16 GB yoki 32 GB operativ xotiraga va 1TB yoki 2TB hajmdagi SSD-diskka ega. Korpus dizayni displeyni 180 darajaga egish imkonini beradi, sensorli panel esa raqamli klaviatura sifatida ishlatilishi mumkin. 66 Vt•s quvvatga ega batareya noutbukni qayta quvvatlantirmasdan 16 soatgacha ishlatish imkonini beradi. 

Noutbuk himoya panjarasi bo‘lgan veb-kamera, Harman/Kardon dinamiklari va shovqinni kamaytirish texnologiyasiga ega mikrofonlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, USB Type-A, Thunderbolt, HDMI, RJ45 (micro-HDMI) va 3,5 mm quloqchin ulagichi ham bor. 

Mavzuga oid
Top