10:35 / 30.11.2022
9093

O‘zbekistonda bir kunda 140 dan oshiq kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda qatorasiga beshinchi kun kunlik holatlar 100 dan yuqori bo‘lmoqda.

Seshanba kuni O‘zbekistonda 141 kishida koronavirusga chalinish holati qayd etildi, bu bir kun oldingiga qaraganda 10 taga ko‘p. Eng yuqori kasallanish holatlari Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda — 76 kishi.

«2022 yil 29 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 141 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 5 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 8 nafari Namangan viloyatida,
  • 11 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 18 nafari Toshkent viloyatida,
  • 76 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.

Ma’lumot uchun, noyabr oyi oxirida O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari o‘sa boshladi. 25 noyabr kuni iyun oyidan buyon kunlik kasallanish holatlari soni ilk bor 100 dan oshib, 124 kishiga kasallanish tashxisi qo‘yildi. Keyingi kunlarda faqat ko‘tarilish kuzatilmoqda, 28 noyabr kuni 131 kishida kasallik aniqlangandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top