13:56 / 30.11.2022
4066

“O‘zbekneftgaz”: talaba va maktab o‘quvchilari uchun ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya tashkil etildi

Foto: O‘zbekneftgaz

Joriy yilning 7 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi neft va gaz sohasidagi ta’lim-ishlab chiqarish klasteri faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilgan bo‘lib, ayni paytda ushbu yo‘nalishda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Foto: O‘zbekneftgaz

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish korxonalariga maktab o‘quvchilari uchun ekskursiyalar tashkil etilishi ham belgilangan.

Shu munosabat bilan 22-23 noyabr kunlari Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti talabalari va Toshkent shahrida joylashgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda G‘uzor tumani 68-son davlat ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari uchun “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari va qayta ishlash zavodlariga ekskursiyalar tashkil etildi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Uchrashuv avvalida, talaba va o‘quvchi yoshlarga mutaxassislar tomonidan korxonalar hududida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma tushuntirib o‘tildi.

Foto: O‘zbekneftgaz

So‘ng kelajak avlodni bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi, “Uzbekistan GTL” zavodidagi yuqori texnologiyalarga asoslangan qurilmalar va uskunalar bilan tanishtirildi. 

Foto: O‘zbekneftgaz

Ushbu ekskursiya yoshlarda katta qiziqishlar uyg‘otdi va ular o‘zlariga hamrohlik qilgan mutaxassislardan qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi.

Bu kabi ekskursiyalar talaba va o‘quvchilarda katta taassurot qoldirish bilan birga ishlab chiqarish korxonalari va ta’lim muassasalari orasidagi hamkorlikni davom ettirishga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.  

Foto: O‘zbekneftgaz

O‘qish va amaliyotning uyg‘unligi albatta kelajak avlod uchun poydevor vazifasini bajaradi. Bu amaliyotning "O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi esa neft va gaz sohasida yetuk kadrlarni yetishtirishda katta hissa qo‘shadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

Mavzuga oid
Top