14:34 / 03.12.2022
13331

Amputantlar jamoasi a’zolari Cobalt avtomobillari bilan taqdirlandi

Foto: KUN.UZ

Bugun, 3 dekabr kuni futbol bo‘yicha amputantlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medallarini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari qo‘shimcha rag‘batlantirildi. Jamoa vakillariga Cobalt avtomobillari berildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston amputantlar milliy jamoasi 30 sentabrdan 9 oktyabrgacha Turkiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Avvalroq SUBeKTIV loyihasida futbolchilar ularga bu yutuqlari uchun 10 mln so‘mdan pul mukofoti berilganini aytib, bundan noroziliklarini bildirishgan edi. Chunki futbolchilarning aksariyati oila tebratish uchun turli kasblar bilan shug‘ullanishadi, mashg‘ulotlar o‘tkazishga viloyatlardan Toshkentga qatnashadi.

Ko‘rsatuv e’lon qilingach, sport vaziri Adham Ikromov ko‘rsatuv mualliflari va OAV ishtirokida jamoa a’zolari bilan uchrashib, ularni qo‘shimcha rag‘batlantirishga va’da bergandi.

Top