10:43 / 03.12.2022
4922

O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari importini 40 foizga oshirdi

O‘zbekiston 10 oyda 106 ta davlatdan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan.

Foto: Kun.uz

2022 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 106 ta davlatdan qiymati 2,8 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2021 yil mos davri bilan solishtirilganda qariyb 40 foizga oshgan.

2022 yil 10 oyida oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Qozog‘iston birinchi o‘rinni egallab turibdi – 36,2 foiz.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Rossiya – 24,1 foiz;
  • Braziliya – 14,7 foiz;
  • Belarus – 4,3 foiz;
  • Pokiston – 2,0 foiz;
  • Ekvador – 1,6 foiz;
  • Xitoy – 1,5 foiz;
  • Turkiya – 1,4 foiz;
  • Hindiston – 1,3 foiz;
  • Indoneziya – 1,1 foiz;
  • boshqa davlatlar – 11,8 foiz.
Top