22:05 / 04.12.2022
17847

JCh-2022. Fransiya Polshani mag‘lub etib, chorakfinalga yo‘llanma oldi

JCh-2022 nimchorakfinali doirasidagi uchinchi uchrashuv yakuniga yetdi.

Fransiya va Polsha o‘rtasida «At-Tumama» stadionida kechgan bahsda Dide Desham shogirdlari Levandovski yetakchiligidagi jamoani turnirdan chiqarib yuborishdi. 

44-daqiqada Jiru Mbappening uzatmasidan keyin hisobni ochdi – 1:0. Bu gol bilan Olive milliy jamoasi safidagi 52-golini kiritib, Fransiya tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. 

74 va 90-daqiqalarda esa Mbappe katta sahnaga chiqib, dubli bilan hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi – 3:0. Bu bilan Kilian turnirdagi gollari sonini 5taga yetkazib, to‘purarlar poygasida yaqqol yetakchiga aylanib oldi.

90+9-daqiqada esa Levandovski penaltidan farqni qisqartirdi – 3:1.

Shu tariqa, Fransiya chorakfinalga yo‘llanma oldi. Ular bu bosqichda Angliya – Senegal o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 10 dekabr kuni o‘tkaziladi.

JCh-2022. 1/8 final. 4 dekabr
Fransiya – Polsha 3:1
Gollar:
1:0 – 44 Jiru, 2:0 – 74 Mbappe, 3:0 – 90 Mbappe, 3:1 – 90+9, penalti Levandovski.
Fransiya – Loris, Kunde, Varan, Upamekano, Ernandes, Rabo, Tchuameni (Fofana, 66), Jiru (Tyuram, 76), Grizmann, Dembele (Koman, 76), Mbappe.
Polsha – Shchensni, Kesh, Glik, Kiver, Bereshinski, Kaminski (Zalevski, 71), Frankovski, Krixovyak (Belik, 71), Zelinski, Shimanski (Milik, 64), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Tchuameni (31), Bereshinski (47).

Mavzu
Qatar-2022
20 noyabr kuni Qatarda futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlandi.
Barchasi
Top