02:10 / 06.12.2022
10004

JCh-2022. Braziliya Janubiy Koreyani yirik hisobda yengib, chorakfinalga yo‘l oldi

Foto: FIFA

Qatarda o‘tayotgan jahon chempionatida chorakfinalning yana bir juftligi ma’lum bo‘ldi. 

Braziliya Janubiy Koreya ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi. Vinisius, Neymar, Risharlison va Paketaning gollariga Payk Sin Ho bir bor javob berdi. 

Braziliya 1/4 finalda 9 dekabr kuni Xorvatiya bilan to‘qnash keladi. 

Eslatib o‘tamiz, bungacha chorakfinalning ikki juftligi aniqlangandi: Niderlandiya-Argentina va Fransiya-Angliya. So‘nggi juftlik 6 dekabr kungi Ispaniya-Marokash hamda Portugaliya-Shveytsariya o‘yinlaridan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

JCh-2022. 1/8 final
Braziliya — Janubiy Koreya 4:1

5 dekabr, «974»
Gollar: Vinisius (7), Neymar (13, penalti), Risharlison (29), Paketa (36) — Payk Sin Ho (76).
Braziliya – Alisson (Ueverton, 80), Militao (Alves, 63), Silva, Markinos, Danilo (Bremer, 72), Kazemiro, Paketa, Neymar (Rodrigo, 81), Risharlison, Rafinya, Vinisius (Martinelli, 72).
Janubiy Koreya – Kim Sin Gyu, Kim Mun Hvan, Kim Yon Gvon, Kim Min Je, Kim Jin Su (Hon Chhol, 46), Li Chje Son (Li Kan In, 74), Chon Vu Yon (Son Jun Ho, 46), Hvan In Bom (Payk Sin Ho, 65), Son Hyon Min, Cho Gyu Son (Hvan Iy Cho, 80), Hvan Hi Chhan.
Ogohlantirish: Chon Vu Yon (44).

Top