22:25 / 07.12.2022
7032

BMT koinotda qurolni birinchi bo‘lib joylashtirmaslik to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi 

Hujjat mualliflari koinotda qurollanish poygasining oldini olish muhim vazifa ekanini ta’kidlagan. 

Foto: Getty Images

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi koinotda qurolni birinchi bo‘lib joylashtirmaslik to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. 

Hujjatni 122 davlat qo‘llab-quvvatladi, 50 davlat qarshi ovoz berdi, yana to‘rt davlat betaraf qoldi. 

Rezolyutsiya barcha davlatlarni, ayniqsa koinotga uchish imkoniyatiga ega bo‘lgan davlatlarni «koinotda qurolni birinchi bo‘lib joylashtirmaslik haqidagi siyosiy majburiyatga ... sodiqligini izhor etish»ga chaqiradi. Shuningdek, 2008 yilda qurolsizlanish bo‘yicha konferensiyada taqdim etilgan koinotda qurollarni joylashtirishning oldini olish to‘g‘risidagi shartnoma ustida ish boshlashga undaydi. 

Hujjat mualliflari koinotda qurollanish poygasining oldini olish dolzarb vazifa ekanini ta’kidlagan. 

Noyabr oyi boshida ushbu hujjat BMT Bosh Assambleyasining birinchi qo‘mitasi tomonidan ma’qullangan edi. 

Top