10:52 / 08.12.2022
7056

Avariyaviy holatda to‘xtagan Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli qurilmalar ishga tushirildi - “O‘zbekneftgaz”

Foto: O‘zbekneftgaz

Avval ma’lum qilganimizdek, “O‘zbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish obektlarini ta’minlab turgan “ShGKM 220/110/6 kV” podstansiyasidan chiquvchi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga tegishli “Kimyo-1” 110 kV havo liniyasida elektr energiyaning qisqa muddatli o‘chishi sodir bo‘lgan edi. 

Buning natijasida, avariyaviy holatda to‘xtagan Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi qarashli siquv kompressor stansiyalari 9 ta gaz haydash agregatlari va Propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasi avariyaviy holatda to‘xtagani navbatma-navbat qisqa muddatda ishga tushirildi.

Hozirda boshqarma konlari barqarorligi ta’minlandi shu bilan birga “O‘ztransgaz” AJ magistral gaz quvurlariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmlari xam tiklandi.

Ushbu agregatlarni ishga tushirish reglament bo‘yicha 1 sutka vaqt talab qilishi belgilangan bo‘lsa-da, tezkorlik bilan ishlar amalga oshirilishi natijasida avariyaviy holatni 9 soat vaqt ichida to‘liq bartaraf qilishga erishildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati Ⓣ

 

 

Top