14:58 / 09.12.2022
6515

O‘zbekistonda tashkil etilgan mehnat migratsiyasi forumi haqida Euronews va Bloomberg lavha namoyish etmoqda

Xorijiy mamlakatlar salohiyatli ish beruvchilarini hamkorlikka jalb etish maqsadida joriy yilning noyabr oyida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan “Mehnat migratsiyasi bo‘yicha xalqaro forum – 2022” tashkil etilgan edi.

20 ga yaqin xalqaro tashkilotlar, 100 ga yaqin xorijiy salohiyati ish beruvchilar, xalqaro ekspertlar va OAV vakillari ishtirok etgan mazkur tadbirda mehnat migratsiyasi sohasida O‘zbekistonda mavjud imkoniyatlar haqida chel ellik ishtirokchilar xabardor qilinib, hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida G2B va B2B uchrashuvlar tashkil etilgan.

Forum doirasida xorijda ishlash istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini chet davlatlarga ishga jalb qilish bo‘yicha 6 ta davlatning 20 ga yaqin ish beruvchi hamda rekruting agentliklari va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida kelishuvlar imzolanishga erishildi.

Ayni kunlarda Euronews va Bloomberg telekanallarida ushbu forum haqida videorolik namoyish etilmoqda.

Top