03:22 / 10.12.2022
33664

JCh-2022. Argentina Niderlandiya bilan dramatik o‘yinda penaltilar seriyasi orqali yarimfinalga yo‘l oldi

Foto: FIFA

Qatarda o‘tayotgan jahon chempionati yarimfinalning dastlabki juftligi ma’lum bo‘ldi.

Ikkinchi chorakfinalda Niderlandiya Argentinaga qarshi bahs yuritdi. Messining ajoyib assisti va golidan so‘ng argentinaliklar ikki to‘p farqida oldinga chiqib olishgandi, ammo Van Gal zaxiradan tushirgan Vegorst 83 va 90+11-daqiqalarda gollar urib, bellashuvni qo‘shimcha bo‘limlarga olib bordi. «Ekstra-taymlar»da ham g‘olib aniqlanmadi, penaltilar seriyasida esa Martinesning 2ta seyvi «albiseleste»ga g‘alaba keltirdi.

Argentina 13 dekabr kuni yarimfinalda Braziliyani musobaqadan chiqarib yuborgan Xorvatiya bilan o‘ynaydi. Ikkinchi yarimfinalda Marokash-Portugaliya va Angliya-Fransiya juftliklari g‘oliblari to‘qnash keladi. 

JCh-2022. 1/4 final
Niderlandiya — Argentina 2:2
Penaltilar seriyasi — 3:4.

9 dekabr, «Lusail»
Gollar: Vegorst (83, 90+11) — Molina (35), Messi (73, penalti).
Niderlandiya – Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind (Lyuk de Yong, 64), de Ron (Kopmeyners, 46), Frenki de Yong, Depay (Vegorst, 78), Bergveyn (Bergeys, 46), Gakpo (Lang, 113).
Argentina – Emiliano Martines, Molina (Montiel, 106), Otamendi, Romero (Pesselya, 78), Lisandro Martines (Di Mariya, 112), Akunya (Talyafiko, 78), De Paul (Paredes, 66), Mak Allister, Fernandes, Messi, Alvares (Lautaro Martines, 82).
Ogohlantirishlar: Timber (43), Akunya (43), Romero (45), Vegorst (45), Depay (76), Lisandro Martines (76), Bergeys (88), Paredes (89), Messi (90+10), Otamendi (90+12), Bergveyn (90+13), Montiel (109), Pesselya (112).

Mavzu
Qatar-2022
20 noyabr kuni Qatarda futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlandi.
Barchasi
Top