00:55 / 10.12.2022
25810

Times: Pentagon Ukrainaga Rossiya bo‘ylab dronlar bilan hujum qilishga ruxsat berdi

Shu haftada dronlar orqali Kursk viloyatidagi aerodromlarga hujum qilindi.

Foto: AP

Prezident Putin tomonidan Ukrainaning muhim infratuzilmalariga bir necha marta raketa zarbalari berilganidan so‘ng, Pentagon Ukrainaning Rossiya hududidagi nishonlarga uzoq masofadan zarba berishini jimgina qo‘llab-quvvatladi, deb yozdi The Times.

Oktyabr oyida tinch aholiga kundalik hujumlar boshlanganidan beri Pentagon Ukrainadagi urush bo‘yicha fikrini o‘zgartirdi. Muhim jihati – Kiyevga qurol yetkazib berish masalasi Rossiya bilan NATO o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilikka olib kelishi mumkinligi haqidagi yangi mulohazalarni o‘z ichiga oladi.

Bu Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi to‘qqiz oylik urushda katta o‘zgarishlar yuz berganini ko‘rsatadi, chunki Vashington endi Kiyevni uzoqroq masofaga mo‘ljallangan qurollar bilan ta’minlash ehtimoli ko‘proq.

«Biz hali ham eskalatsiya yuz bermasligini istayapmiz, ammo endi eskalatsiya oldidagi qo‘rquv yo‘qoldi. Endi hammasi boshqacha», degan AQSh Mudofaa vazirligidagi manba The Times nashriga.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top