21:36 / 11.12.2022
29646

Umrzoqov: Gaz va elektr muammosi bo‘yicha qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan ayrim rahbarlar qamoqqa olingan

Foto: Prezident administratsiyasi

Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov rahbarligida aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilish tanqidiy ruhda kechmoqda.

Yig‘ilishda qonunbuzilishga hamda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan soha rahbarlaridan ayrimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va qamoqqa olingani ma’lum qilindi.

9 dekabr kuni ham Umrzoqov rahbarligida qishni betalafot o‘tkazish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda Toshkent viloyati prokurori Prezident Administratsiyasidan noqonuniy gazga ulangan zavodni tarmoqdan uzmaslikni so‘ragani haqida aytilgandi. Yig‘ilishda Umrzoqov aholiga berilishi kerak bo‘lgan gazga noqonuniy ulanishlar orqasida kim turgani aniqlanishi va javobgarlikka tortilishini ma’lum qilgandi.

Top