20:46 / 12.12.2022
17819

Sirdaryoda hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hokim yordamchisi o‘zi ta’sischi bo‘lgan MChJga 12 holatda fuqarolarning kredit mablag‘larini o‘tkazgan va ular maqsadsiz yo‘naltirilgan.

Foto: Vladimir Fedorenko

Ma’lum qilinishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlarda, imtiyozli kreditlardan noqonuniy va maqsadsiz foydalanish holati aniqlangan.

Jumladan, Boyovut tumani hokimi yordamchisi T.J. o‘zi ta’sischi bo‘lib 3 ta tadbirkorlik sub’yekti tashkil etgan. So‘ng MChJlardan biriga 12 holatda fuqarolarning 371,5 mln so‘m kredit mablag‘larini o‘tkazib bergan.

O‘rganish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan. Prokuratura mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, 2022 yil 3 noyabr kuni Boyovut tumani hokimi yordamchisi T.J.ga va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi «v», «g» bandlari va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top