12:49 / 13.12.2022
11931

Angrenda yuk mashinasi 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi

Isuzu’ning tormozi ishlamay qolgan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB

Toshkent viloyatining Angren shahrida tormoz tizimidagi nosozlik tufayli Isuzu rusumli yuk mashinasi beshta yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa 12 dekabr kuni soat 15:10 atrofida A-373 «M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh» avtomobil yo‘lining 184-kilometrida sodir bo‘lgan.

Yuk mashinasi o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda harakatlanib ketayotgan 3 ta Nexia va 2 ta Cobalt rusumli avtomobillarga to‘qnashgan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB

Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Top