19:25 / 14.12.2022
10221

Siyosatshunos O‘zbekistonning energiya inqirozi haqida: “tizimli muammolar va siyosiy elita yetishmasligi oqibati”

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz’ga bergan intervyusida O‘zbekistonning energetik muammolari sababiga to‘xtalib, uni tizimli muammolar va siyosiy elita yetishmasligining oqibati deya izohladi.

“Nihoyatda markazlashgan davlatlarda korrupsiya va malakasizlik doimiy muammolar hisoblanadi. Mana shu muammolarni yechish uchun nihoyatda kuchli, malakali va keng siyosiy elita kerak. Chunki muammolarga yechim topish bu siyosiy elitaning vazifasi. Bizda siyosiy elita nihoyatda tor. Endi-endi shakllanishni boshladi.

Lekin hokimiyat tarmoqlarining har birida o‘z manfaatidan kelib chiqib, korrupsion element aralashaveradi. Oqibatda aytilyaptiki, “gaz resurslarimiz kam qolgan, sabr qilinglar”.

Haqiqatan ham O‘zbekistonning tizimli muammolari mavjud. Masalan, biz yozda gaz sotib, budjetni to‘ldiramiz, qishda o‘sha to‘plangan mablag‘lar bilan budjetda o‘tiradigan strukturalarni ushlab turishga harakat qilamiz. Ikki barobar yuqori subsidiya to‘lab.

Gaz, energetika, budjet umuman, barcha muammolarni yechish uchun O‘zbekistonga tizimli islohotlar kerak. Ma’muriy, siyosiy islohotlar.

Biz jamoatchilik fikrini inobatga olyapmiz, lekin undan ko‘proq qo‘rqib, texnik bostirishga harakat qilyapmiz. Bu faqat vaqt masalasi. Ijtimoiy fikr ta’sirini ko‘rsatishi masalasi. Globallashgan dunyoda jamoatchilik fikridan qochib bo‘lmaydi. Bu imkonsiz masala. U yoki malakali kanallashtirilgan bo‘ladi yoki ma’lum bir texnik darajada bostiriladi-yu, lekin kutilmagan paytda o‘z ifodasini ko‘rsatishi mumkin”, – dedi siyosatshunos.

Intervyuni to‘liq holda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Top