14:55 / 19.12.2022
12325

O‘yin va ijodkorlik uchun ko‘p qirrali noutbuk

Bu yil tugab oldinda yangi 2023 yil kirib kelyapti! Yangi yilda sovg‘a qilish uchun yuqori texnologiyali sovg‘alar orasida universal noutbuklar bugungi kunda juda dolzarb - ular bilan siz bir joyga bog‘lanmaysiz, ijod va ishni to‘xtatmasdan, xohlagan joyingizda bajarishingiz mumkin. Noutbuk izlab qimmatli vaqtingizni behuda sarflamaslik va miyangizni chalg‘itmaslik uchun biz hozirgi kunda eng qiziqarli bo‘lgan modellarni siz uchun to‘pladik.

Asus ROG Strix G15

Ushbu jangovar mashina barcha kompyuter janglarida g‘alaba qozonish uchun kelajakdan kelgan. ROG Strix G'ning 2022 model to‘plamida apparat konfiguratsiyasi asosini eng so‘nggi AMD Ryzen 9 6900HX protsessori tashkil etadi va uni 150 Vt termopaket, noutbuk grafikasi va displey multipleksorlari uchun NVIDIA GeForce RTX 3080 videokartasi bilan to‘ldirish mumkin. Protsessorga katta ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish uchun esa DDR5 standartidagi operativ xotira javobgardir, PCIye 4.0 x4 va SSD xotira yashin tezligida o‘yinlarni ishga tushirish va fayllarni tezkor uzatish uchun shay holatda.

Kuchli komponentlar, ayniqsa, flagman grafik kartalari haqida gap ketganda, katta elektr quvvati talab etiladi. Bu yil ROG Strix G'ga o‘rnatilgan grafik chip termopaketlari, NVIDIA GeForce RTX 3080 videokartali noutbuk modeli uchun 150 Vt gacha oshirildi. Qo‘shimcha 20 VTga oshirilgan quvvat videokartaning yanada yaxshi natijalar ko‘rsatishi uchun asos bo‘la oladi.

Lenovo IdeaPad 5 Pro 16ACH6

Marhamat, yanada murakkab va og‘ir kontentlar uchun mo‘ljallangan noutbuk. Lenovo IP 5 Pro o‘n olti oqim va yuqori tezlikka ega kuchli AMD Ryzen 9 5900HX protsessori bilan jihozlangan. DDR4 3200 operativ xotirasi hajmi 32 GB, saqlash qurilmasi esa 1 TB! Bu sizga Adobe After Effecs kabi og‘ir dasturlarda ham ishlash va xotirada ko‘p sonli turli xil videolarni saqlash imkonini beradi. 2560x1600 o‘lchamli ekran ham noutbukning multimediyaga tegishli ekanini ko‘rsatadi. Matritsa, albatta, IPS bo‘lib, hatto 120 Gersgacha ko‘tarilgan yangilanish chastotasi ham mavjud. Bu nafaqat rasmning silliqligini yaxshilaydi, balki uzoq vaqt ishlaganda ko‘zlaringizni kamroq toliqtiradi.

O‘yin komponenti biroz soddaroq, bu yerda faqat 35 Vt quvvatga mo‘ljallangan GeForce RTX 3050 videokartasi o‘rnatilgan. Keling, tan olaylik, bu faqat o‘yin video kartalari orasida tasavvur qilish mumkin bo‘lgan eng kenja videokartalar tipidir va bundan tashqari matritsa o‘lchamlari 2500 ni tashkil qiladi. Shuning uchun siz jiddiy katta o‘yinlarga mo‘ljal qila olmaysiz, lekin shunga qaramay, turli xil tanklar, dota va boshqa Counter-Strike o‘yinlari bu erda o‘rtacha sozlamalarda yaxshi o‘ynaladi va DLSS texnologiyasi yoqilganda ko‘pgina o‘yinlardagi kadrlar tezligi eng yuqori darajaga o‘zgaradi.

Asus Zenbook Pro

Kuchli Vivobook Pro noutbuki kabi kerakli vositalarga ega bo‘lsangiz, ijod olovini qo‘zg‘atish osonroq bo‘ladi. AMD Ryzen™ 5 5600HX protsessori, displey multipleksoriga ega NVIDIA GeForce RTX 3050 videokartasidagi uchta shamollatish tirqishli ikkita ventilyatorli sovitish tizimi bilan rassomlar, videoblogerlar, rejissyorlar, musiqachilar va ijod bilan shug‘ullanuvchi boshqa foydalanuvchilar uchun yuqori ishlashni ta’minlaydi. 

Noutbuk 3,2K o‘lchamli OLED displey bilan jihozlangan bo‘lib, yuqori yangilanish tezligi (120 Gs) va ranglarning aniq takrorlanishi bilan ajralib turadi. Dolby Atmos atrof-muhit effektlarini beruvchi hayratlanarli ovoz audiotizimi bilan jihozlangan. Vivobook Pro bilan - cheksiz ijod qiling!

ASUS TUF Dash F15

Agar siz o‘rtacha narxda yaxshi o‘yin ko‘rsatkichlariga qiziqsangiz, ASUS TUF Dash F15ʼga ga e’tibor berishingizni tavsiya qilamiz.

Noutbukda zamonaviy Intel Core i7 12650H protsessori va GeForce RTX 3070 8 GB videokartasi mavjud. 1920x1080 o‘lchami ekran hisobiga har qanday o‘yinni maksimal sozlamalarda ishlatishingiz mumkin. Agar siz tashqi monitorda o‘ynashni istasangiz, noutbuk undan ham yuqori sozlamalarda piksellar sonini ta’minlab beradi. Xuddi shu 2,5K o‘lchamlarda hech qanday muammo bo‘lmaydi va faqat 4K o‘lchamli zamonaviy o‘yinlarda siz yuqori o‘rtacha sozlamalarda o‘ynashingiz kerak bo‘ladi xolos, ammo bu ham yomon ko‘rsatkich emas.

HP Victus 15

 

HP Victus 15 noutbuki - yana bir qimmat bo‘lmagan va zamonaviy bo‘lgan, o‘yinlar o‘ynash uchum yechimidir. Ushbu qurilma GeForge RTX 3050 Ti grafik kartasini va AMD Ryzen 7 5800H protsessorini taklif qiladi. Ushbu modelning Intel Core i5 12450H protsessorli varianti ham mavjud. Bu zamonaviy o‘yinlarni yuqori sozlamalarda o‘ynash uchun etarli. Noutbuk katta qulay klaviaturaga va nisbatan kichik, og‘irligi ikki kilogrammdan ozgina oshgan vaznga ega. Bu «hamma narsadan birozdan» kerak bo‘lganda universal yechimdir.

HP OMEN Ralph 21C1

HP Omen noutbuklari o‘yin noutbuklari orasida uzoq vaqtdan beri raqobatlashishmoqda va ishonchli echim sifatida o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lishmoqdi. OMEN modellari muvozanatlashtirilgan konfiguratsiya va arzon narxga ega. Omen 16 noutbuki GeForce RTX 3060 videokartasi va Intel Core i5 11400H protsessoriga ega.

Bu bir-birini mukammal ravishda to‘ldiradigan yaxshi to‘plamdir. Operativ xotira hajmi 16 Gb, saqlash qurilmasi esa 512 Gb. 16,1 dyuym matritsali ekran IPS texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan bo‘lib, bu ranglarning yaxshi reproduksiyasini kafolatlaydi. 1920x1080 pikselli o‘lchamlar sizga Call of Duty: Modern Warfare 2022 kabi eng so‘nggi o‘yinlarni eng yuqori sifat sozlamalarida o‘ynash imkonini beradi. Bu o‘yinlar uchun mo‘ljallangan juda muvozanatli konfiguratsiya. Aytgancha, matritsaning yangilanish tezligi 144 Gs'ni tashkil qiladi, bu yana noutbukning o‘yin segmentiga tegishli ekanini ko‘rsatadi. Yorqin ranglarni sevuvchilar uchun RGB klaviatura yoritgichi mavjud. Klaviaturada emas, balki o‘yinlarda nurlarni sevuvchilar uchun RTX texnologiyasini yoqishni unutmang.

Umid qilamizki, bizning yo‘riqnomamiz sizga qimmatli vaqtni tejashga va yangi yil uchun sovg‘a tanlashga yordam berdi. Biz 2022 yilning to‘rtinchi choragi uchun eng qiziqarli va samarali noutbuk modellarini to‘plashga xarakat qildik.

Mavzuga oid
Top